Xo'jalik hisobidagi bo'lim -1
Nogironlikka olib keluvchi tayanch-harakat tizimi asosiy kasalliklariga chalingan bemorlarni davolash ishlarida ilmiy asoslangan yangi zamonaviy tekshirish va davolash turlarini qo‘llash borasida bo‘lim tomonidan innovatsion usullar yo‘lga qo‘yilgan:
- Chanoq son bo‘g‘imini old tomondan endoprotezlash.
- Spondiloptozlarda transpedikulyar fiksatsiyalash jarrohlik amaliyotlarini qo‘llashni takomillashtirish.
- Osteoporoz kasalliklarida perkutan sementli transpedikulyar fiksatsiya jarrohlik amaliyotini qo‘llash.
- Buyin umurtkalari polisegmentar disk churralarida, old tomondan dekompressiyasi va PEEK keydj, dinamik keydjlar, MESH va plastinalarni qo‘llash.
- Bel umurtqalari orqa miya kanali polisegmentar stenozlarini jarrohlik uslubda davolashni qo‘llash.
- Izoflyuronli inhalyatsion anesteziyani amaliyotga joriy etish.
- Umurtqa tanasidagi hajmiy hosilalarda spondiloektomiya va stabilizatsiyalash amaliyotini qo‘llashni takomillashtirish.
- Nospefisik spondilitlarni jarrohlik usulida davolash.
- Operativ davolashga muhtoj kardiologik bemorlarni jarrohlik amaliyotiga tayyorlash.
- Bel umurtkasi disk churrasini endoskopik uslubda davolash.
- Umurtqa pog‘onasi nostabilligi va siljishlarida PLIF (orqa tomondan) va kombinatsiyalangan usulda stabilizatsiya qilish.
- Katta bo‘g‘imlarda degenerativ kasalliklarda “Stromal-vaskulyar fraktsiya” (SVF) terapiya jarrohlik usuli.