Hududiy reabilitatsiya markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ilmiy-amaliy yordam ko'rsatish
Bo'lim nizomi:
Markaz tuzilmasidagi Hududiy reabilitatsiya markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish va
amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish boʻlimi faoliyatini tashkil etish
1. Markazda Bosh vrachning hududiy reabilitatsiya markazlari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida Hududiy reabilitatsiya markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish va amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish boʻlimi
(keyingi oʻrinlarda – Bo‘lim) boshlig‘i vazifasini bajaradi.
2. Bo‘lim:
2.1 Hududiy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga ilmiy, amaliy va uslubiy yordam koʻrsatadi;
2.2 Hududiy markazlarning reabilitatsiya faoliyatiga oid statistik ma’lumotlarini umumlashtiradi va tahlil qiladi;
2.3 Hududiy markazlarning reabilitatsiya faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;
2.4 Hududiy markazlar faoliyati yuzasidan nazorat o‘rnatadi, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbarlarni ogohlantiradi;
Hududiy markazlarning belgilangan vazifa va funksiyalari yuzasidan o‘rganishlar amalga oshiradi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha ogohlantirishlarga qaramay tegishli choralar ko‘rmagan mas’ul rahbarlarning lavozimga loyiqligi yuzasidan Muassisga takliflar kiritadi.
3. Hududiy reabilitatsiya markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish
va amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish boʻlimi faoliyati samaradorligining eng muhim koʻrsatkichlari asosida baholab boriladi.