Funktsional diagnostika bo‘linmasi
Bo`lim 1997-yildan beri faoliyat yuritib, zamonaviy jihozlar va yuqori malakali mutaxassislardan iborat jamoa bilan xizmat ko`rsatadi.
Bo'limda quyidagi tekshiruvlar amalga oshiriladi:
- EKG va Holter monitoring – yurak ritmi buzilishlarini aniqlash.
- Dupleks skanerlash – tomirlarning ahvolini baholash va qon aylanishini tahlil qilish.
- Ultratovush diagnostikasi (UZD) – ichki organlar, qalqonsimon va sut bezlari, homila holatini tekshirish.
- EhoEG va REG – bosh miyada qon aylanishini va neyrofiziologik holatni baholash.
- Elektroensefalografiya (EEG) – epileptik o‘choqlarni aniqlash.
- Elektroneyromiografiya (ENMG) – nerv-mushak tizimi faoliyatini tekshirish.
Bo‘lim rahbari Nigora Yusupova, birinchi toifali nevrolog va neyrofiziolog, ilmiy maqolalar muallifi bo‘lib, xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalarda faol ishtirok etadi.