Vertebralogiya bo'limi
Vertebralogiya bo`limi umurtqa pog`onasi kasalliklarini tashxislash, davolash va reabilitatsiya qilishga ixtisoslashgan. Bo`limda yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi va zamonaviy diagnostika hamda davolash usullaridan foydalaniladi.
Bo‘limda quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:
- Balonli kifoplastika – umurtqa pog‘onasidagi sinishlar va osteoporoz bilan bog‘liq muammolarni jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etish.
- Endoskopik diskektomiya – umurtqa oraliq disk churralarini minimal invaziv usulda olib tashlash.
- Spinal stabilizatsiya – umurtqa pog‘onasidagi siljish va beqarorliklarni maxsus implantlar yordamida tuzatish.
- Vertebroplastika – umurtqa tanasidagi sinishlarni maxsus suyak sementi bilan mustahkamlash.
- Neyroxirurgik operatsiyalar – orqa miya va umurtqa pog‘onasining turli patologiyalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash.
- Reabilitatsiya va fizioterapiya – operatsiyadan keyin bemorlarning tiklanishini tezlashtirish uchun zamonaviy fizioterapevtik usullarni qo‘llash.
Bo‘lim jahon standartlariga mos keluvchi innovatsion davolash usullarini tatbiq etib, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Shuningdek, mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi konferensiya va forumlarda faol ishtirok etadi.